Turkiyalik tadbirkorlar xalqaro arbitraj sudiga O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi kiritdi

Turkiyalik tadbirkorlar xalqaro arbitraj sudiga O‘zbekistonga qarshi da’vo arizasi kiritdi

Mehmet Zeki Obuz boshchiligidagi bir necha turkiyalik tadbirkorlar va shirkatlar Jahon banki guruhining Investision bahslarini hal etish bo‘yicha xalqaro markaziga (ICSID) O‘zbekiston ustidan shikoyat kiritdi. Xalqaro nizoda javobgar sifatida O‘zbekiston hukumati keltirilgan. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

2021 yil 4 iyul kuni ro‘yxatga olingan shikoyat arizasining predmeti «oziq-ovqat mahsulotlari» savdosi ekanligi yozilgan, lekin da’vo summasi va ishga doir boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan. Hozirda ish tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Xalqaro nizoda O‘zbekiston tarafdan javobgar sifatida prezident, tashqi ishlar vaziri va adliya vaziri keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mehmet Zeki Obuz O‘zbekistonga 1990-yillarda kelgan, u «Sundus» qo‘shma korxonasi asoschilaridan biri, 1998 yilda esa uning bosh direktori bo‘lgan.

Spot nashriga ko‘ra, Mehmet Zeki Obuz O‘zbekistonda bir qancha vaqt biznes yuritgan, keyinroq kontrabanda va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash aybi bilan qamoqqa olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qadar xalqaro arbitrajga O‘zbekistonga nisbatan 8 marta da’vo kiritilgan, shu jumladan, Newmont, Metal-Tech, Turkuaz, «MTS», Spentex va boshqalar ishlari mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!