Turkiyalik bir guruh turk kinoijodkorlari Toshkentga yetib keldi

Turkiyalik bir guruh turk kinoijodkorlari Toshkentga yetib keldi

Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

«Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.

Festival doirasida 13 ta mamlakat Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kinosi kunlari o‘tkaziladi.

Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga yetib keldi. Ular O‘zchan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!