Turkiyaga favqulodda qo‘nish: Kuvayt samolyotida bomba bo‘lishi mumkin

Turkiyaga favqulodda qo‘nish: Kuvayt samolyotida bomba bo‘lishi mumkin

Kuvaytning Jazeera Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Turkiyaning Trabzon shahriga favqulodda qo‘ndi, deb xabar berdi TRT Haber telekanali bugun, 7 oktyabr kuni.

Bunga samolyot bortiga qo‘yilgan bomba haqidagi ma’lumot sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar aeroport binosidan olib chiqilgan va yuklari tekshirilgan. Bombani zararsizlantiruvchilar maxsus itlar bilan tintuv o‘tkazishmoqda. Hozircha bomba topilgani haqida xabar tarqatilmagan. Voqea joyiga ulardan tashqari o‘t o‘chiruvchilar va “tez yordam” xizmati ham yetib kelgan.

Samolyot bortida 51 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!