Turkiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Turkiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya Respublikasi Hukumati chet el davlatlari fuqarolarining  (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021-yil 31-mayga qadar uzaytirdi. Qoidaga muvofiq:

- Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin PZR testidan o‘tish va ingliz tiliga tarjima qilingan QR-kodli tegishli ma’lumotmona olinishi kerak. Ma’lumotnomada Negative Sars-CoV-2 PCR so‘zlari yozilgan bo‘lishi lozim;

- https://register.health.gov.tr  havolasi orqali Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida PZR testini topshirish to‘g‘risidagi shaklni to‘ldirish kerak. Bunda xorijga chiqish pasportida yozilgani kabi ingliz tilida ism, familiya, telefon, elektron pochta, aviareys, Turkiyada vaqtincha turish manzili, Turkiyaga kelgunga qadar oxirgi 10 kun ichida tashrif buyurgan mamlakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak;

- to‘ldirilgan ariza shaklini chop eting va uni mobil qurilmaga (smartfon, planshet va h.k.) yuklab oling – anketani to‘ldirgandan so‘ng sayohat paytida taqdim etilishi kerak bo‘lgan shaxsiy HES-kodi hosil bo‘ladi, Turkiyada mehmonxona, qator obektlarni ziyorat qilish va tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu HES-kodni ko‘rsatish talab etiladi. HES-kodini bosma shaklda ham, mobil qurilmaning ekranida ham taqdim etish mumkin;

- jo‘nash ayeroportida aviakompaniya xodimiga qog‘ozga chiqarilgan yoki mobil qurilmaga yuklab olingan so‘rovnomani taqdim etish lozim. Anketasiz samolyotga chiqish rad etiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Turkiyaga HES-kodisiz kelgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular o‘zlarining mablag‘lari hisobidan deportasiya qilinishi mumkin.

Ushbu talab tranzit yo‘lovchilariga taalluqli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!