Turkiyada yuzlab bolalar sud qilindi. Ular Erdo‘g‘anni haqorat qilgan

Turkiyada yuzlab bolalar sud qilindi. Ular Erdo‘g‘anni haqorat qilgan

Statistikadan ma’lum bo‘lishicha, Turkiyada o‘tgan olti yil davomida 903 nafar voyaga yetmaganlar, shu jumladan, 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 264 nafar bola mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun sud qilingan.

Adliya vazirligi statistikasi shuni ko‘rsatdiki, Turkiyada olti yil davomida prezidentni haqorat qilganlik uchun jami 128 872 ta tergov harakatlari boshlangan. Prokuratura faqatgina 2019 yilning o‘zida 36 066 shikoyatni ko‘rib chiqib, ularning 11 371 tasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Turkiya Jinoyat kodeksining 299-moddasiga binoan, prezidentni haqorat qilish bir yildan to‘rt yilgacha qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar ushbu qilmish ochiqdan-ochiq sodir etilgan bo‘lsa, jazoning muddati bundanda uzunroq bo‘lishi mumkin.

Erdo‘g‘an davrida prezidentni «haqorat qilgani» uchun ochilgan jinoyat ishlarining soni keskin ko‘tarildi. 2016 yilda Turkiya Konstitusiyaviy sudi 299-moddani bekor qilish to‘g‘risidagi taklifni rad etdi va ushbu modda «jamoat tartibini va demokratik jamiyatni himoya qilish uchun» zarur ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!