Turkiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 8 kishiga yetdi

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 8 kishiga yetdi

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 8 kishiga yetdi, 864 kishi jabrlandi. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja aytib o‘tdi. Oldinroq o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni olti kishi, jarohatlanganlar soni 410 kishi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, 7 kishi Manavgat shahrida (Antaliya viloyati) vafot etgan. U yerda 507 jabrlanuvchi bor, ulardan 497 nafari shifoxonadan chiqarilgan. Yana bir kishi Marmarisda vafot etdi. Hammasi bo‘lib, Bodrum va Marmarisdagi yong‘inlardan 203 kishi turli tan jarohatlari oldi, ulardan 186 nafari shifoxonadan chiqishgan. Mersindagi yong‘inda yana 154 kishi jarohat oldi, ularning hammasi davolanishni tugatgandan so‘ng kasalxonalarni tark etishdi, deb yozadi Ko‘ja tvitterda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!