Turkiyada Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olindi

Turkiyada Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olindi

Istanbulda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus operasiya o‘tkazildi, hibsga olinganlar orasida uch nafar Turkmaniston fuqarosi bor. Bu haqda Turkiyaning Haber nashri xabar bermoqda.

Amaliyot 26 fevraldan 5 martgacha o‘tkazilgan. To‘qqiz gumondor Istanbulning oltita tumanida hibsga olingan. Ulardan 57 kilogramm geroin, 17 kilogramm marixuana, 3 kilogramm afyun qatroni, giyohvand moddalar, kokain, metamfetamin, 84 nasha ildizi va 220 gramm nasha (marixuana uchun xom ashyo) musodara qilindi.

Shuningdek, hibsga olinganlar qurol va patronlar, uchta to‘pponcha va 108 patron, yuqori aniqlikdagi tarozilar va giyohvandlik xom ashyosini maydalash uchun moslamaga ega edilar.

Sud qarori bilan barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!