Turkiyada rossiyalik sayyohlar avtobusi halokatga uchradi, qurbonlar bor

Turkiyada rossiyalik sayyohlar avtobusi halokatga uchradi, qurbonlar bor

Rossiyalik sayyohlar bo‘lgan avtobus Turkiyaning Antaliya viloyatida halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi jarohatlangan.

CNN Turk telekanaliga ko‘ra, voqea Manavgat kurort shahri hududida sodir bo‘lgan. Dastlab avtobus beton to‘siqqa borib urilgan, keyin ag‘darilgan.

RIA Novosti Rossiya Bosh konsulligiga tayanib xabar berishicha, halok bo‘lganlarning uchalasi ham Rossiya Federasiyasi fuqarolari. Diplomatik missiya, shuningdek, besh sayohatchining jiddiy jarohat olganiga aniqlik kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!