Turkiyada 2500 yillik suv quvurlari topildi

Turkiyada 2500 yillik suv quvurlari topildi

Turkiyaning qadimiy Daskileon shahrida olib borilgan qazishmalarda taxminan 2,5 ming yillik tarixga ega suv quvuri topildi. Bu haqda TRT Haber nashri ma’lum qilmoqda.

“Qazishmalar paytida topib olganimiz — pishgan loydan yasalgan qalin quvurlar miloddan avvalgi IV asrga to‘g‘ri keladi... Bu inshoot suv infratuzilmasi tizimi bo‘lib, ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Bu davrda voronkalar terrakotalardan yasalgan va ohak aralashmasi vositasida bir-biriga biriktirilgan”, — dedi qazishmalar boshlig‘i, Mugli universiteti arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi, professor Kaan Iren.

Qayd etilishicha, topilgan suv quvurining uzunligi o‘n metrga yaqin bo‘lib, u kichik hovuzdan o‘tib shaharga yo‘nalgan. Suv Manyas ko‘li qirg‘og‘idagi joylashuvi hali aniqlanmagan manbadan ta’minlangan.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, arxeologlar tomonidan topilgan quvurlar yaxshi saqlanib qolgan, ularni mahkamlash uchun ishlatilgan ohak vositalari haqida gapirib bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, Kaan Iren, topilma joyida quvurlarning shahar tomon yo‘nalishi bo‘yicha qazishmalar davom etayotganini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!