Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan keyin neft narxi ko‘tarildi

Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan keyin neft narxi ko‘tarildi

Dushanba kuni neft narxi Turkiya va Suriyadagi zilzilalardan keyin transportda uzilishlar xavfi tufayli oshdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri Business Post nashriga tayanib.

Brent nefti fyucherslari 46 sent yoki 0,6 foizga oshib, bir barreli 80,40 dollarni tashkil qildi, AQShning WTI markasidagi neft fyucherslari esa 20 sent yoki 0,3 foizga oshib, bir barreli 73,59 dollarni tashkil qildi.

Nashrning yozishicha, dushanba kuni Turkiya va Suriyada yuz bergan kuchli zilzila Turkiyaning Jayhondagi eng yirik neft eksport markazi faoliyatini, shuningdek, Iroq va Ozarbayjondan xom neft tranzitini to‘xtatgan. Ozarbayjon xom neftini eksport qiluvchi Jayhondagi Baku-Tbilisi-Jayhon (BTC) terminali zararni baholash tugaguniga qadar chorshanba kunigacha yopiq qoladi, deya xabar beradi Tribeca yuk tashish agentligi.

Ozarbayjon Turkiyaning Jayhon portidan kuniga taxminan 650 ming barrel neft oqimi bilan asosiy xom neft eksport markazi sifatida foydalanadi. Iroq Kurdiston mintaqaviy hukumati Tabiiy resurslar vazirligi ma’muriyat dushanba kungi zilziladan so‘ng Iroq shimolidagi Kerkukdagi neft konlaridan Jayhonga o‘tadigan quvur liniyasi orqali oqimni to‘xtatganini ma’lum qildi. Vazirlik, shuningdek, «quvurlarni sinchiklab tekshirish» yakunlanganidan so‘ng neft eksporti qayta tiklanishini ma’lum qildi.

Koronavirus cheklovlari yumshatilgandan keyin Xitoyda iqtisodiy tiklanish istiqboli ham neft narxining oshishiga yordam berdi. Xalqaro energetika agentligi (XEA) bu yil global neftga bo‘lgan talab o‘sishining yarmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelishini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!