Turkiya va Isroil Yaqin Sharqda yashirin hamkorlik qilmoqdami?
Bu haqda turkiyalik siyosatshunos fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tomonlar o‘rtasida keskin bayonotlar yangrayotgani va mintaqada ta’sir uchun geosiyosiy raqobat kuchayishi mumkinligiga qaramay, Turkiya Isroilning eng muhim hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda dedi turkiyalik siyosatshunos Kerim Has.
"Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilga qarshi keskin bayonotlar berishiga va Isroil rasmiylarining javob ritorikasiga qaramay, hozir ham mintaqada Isroilning yashirin strategik ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda", — dedi ekspert.
Kerim Hasning ta’kidlashicha, Isroilning asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Suriyada Bashar Asad hukumati ag‘darilishida Turkiya muhim rol o‘ynagan. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama savdo aloqalari saqlanib qolmoqda. Shuningdek, Anqara Isroilning energetik xavfsizligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, Isroil import qiladigan neftning 60 foizdan ortig‘i Ozarboyjondan Turkiya hududi orqali yetkazib beriladi.
