Turkiya o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qildi

Turkiya o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qildi

Turkiya hukumati mamlakatning bir qator mintaqalarini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

Ushbu holat bilan bog‘liq holda davlat rahbari tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan mintaqada joylashgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli, atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Kurum va tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan doimiy aloqalarni olib bormoqda.

Bo‘limlar rahbarlari Prezidentga o‘rmon yong‘in zonasidagi vaziyat to‘g‘risida xabar berishdi.

Turkiya rahbari yong‘inlar oqibatida qurbon bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Prezident Erdo‘g‘an, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda davlat zarur yordamni ko‘rsatishiga ishontirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!