Turkiya "Tolibon"ning eng asosiy sherigimi?

Turkiya "Tolibon"ning eng asosiy sherigimi?

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Bitlis viloyatida nutq so‘zlar ekan, "Tolibon" vakili Suheyl Shohinning tashkilot Anqarani Afg‘onistonni qayta tiklashdagi asosiy sherigi deb bilishi haqidagi bayonotiga baho berdi. Translyasiya Turkiya rahbarining tvitterdagi akkauntida olib borildi.

Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bu bayonotga ehtiyotkorlik bilan qaraydi, biroq hamma narsa "Tolibon" harakatlari bilan hal qilinadi. “Afg‘onistondagi jarayonlar toliblarning bayonotlari bilan emas, balki ularning harakatlari va qadamlari bilan belgilanadi. Turkiya Afg‘onistondagi barcha partiyalar bilan muloqotni davom ettiradi", - dedi Turkiya rahbari.

Avvalroq Suheyl Shohin "Tolibon" Turkiyani Afg‘onistonni qayta tiklashdagi asosiy sherigi deb bilishini aytgandi. “Afg‘oniston Islom Amirligiga boshqa mamlakatlardan ko‘ra Anqara bilan do‘stlik, qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik kerak. Afg‘oniston boy tabiiy resurslarga ega. Ammo bizda ularni olishning iloji yo‘q. Hukmdorlarning ishg‘oli va o‘g‘irlik tufayli bizning butun infratuzilmamiz vayron bo‘lgan”, - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!