Turkiya tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bilan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi

Mevlut Chavusho‘g‘li O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya formatidagi yig‘ilishda ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Vladimir Norov bilan birgalikda tomonlar Afg‘onistonga insonparvarlik yordami va har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Chavusho‘g‘li, shuningdek, Toshkentda “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” formatidagi uchrashuvning o‘tkazilishi muhimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Sergey Lavrov bilan muzokaralar (https://t.me/sputnikuzbek/15792) o‘tkazgandi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, integrasiya birlashmalari doirasidagi o‘zaro hamkorlik, shu jumladan SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Davlat rahbarlari kengashining O‘zbekistonda bo‘lajak yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!