Turkiya Shvesiyadan terrorga qarshi kurash majburiyatlarini bajarishini kutayotganini aytdi

Turkiya Shvesiyadan terrorga qarshi kurash majburiyatlarini bajarishini kutayotganini aytdi

Anqara Stokgolmdan o‘zi bilan imzolangan memorandumda ko‘zda tutilgan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha barcha majburiyatlarning qat’iy bajarilishini kutadi, dedi Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) rahbari o‘rinbosari Numan Kurtulmush.

U Stokgolmda Qur’onning ommaviy yoqib yuborilishi bilan sodir bo‘lgan harakatga izoh berdi.

“Biz Shvesiyaning NATOga kirishiga qarshi emasmiz. Ammo, agar shunday davom etsa, Turkiya hech qanday holatda Shvesiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishini ma’qullamaydi”, — dedi Kurtulmush TASS agentligiga.

Avvalroq Turkiyadagi namoyishchilar Stokgolmda Qur’on bilan qilingan provokasiyaga javoban mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida Shvesiya bayrog‘ini yoqib yuborgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!