Turkiya-Shvesiya-Finlyandiya uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin

Turkiya-Shvesiya-Finlyandiya uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin

Bu haqda Turkiya prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Ibrohim Kalin xabar berdi.

"NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya-Shvesiya-Finlyandiya uchrashuvini o‘tkazmoqchi, biroq Anqara uning shartlariga javob kutmoqda", dedi Turkiya prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Ibrohim Kalin.

"NATO Bosh kotibining qandaydir tashabbus va niyatlari bor. NATO doirasida uchrashuv o‘tkazish istagi ham bor. Ochig‘i, biz faqat uchrashuv o‘tkazish uchun uchrashmayapmiz. Biz natijaga erishmoqchi bo‘lsak, ikki delegasiyaning shu yo‘nalishda javob berishlarini kutamiz", — deya Kalinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Huriyyet.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!