Turkiya Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi

Turkiya Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi

Turkiya Qrim tatarlariga yashash huquqini beradigan uzoq muddatli viza berishni boshladi. Mamlakat ichki ishlar vaziri Suleyman Soyli shunday haqda ko‘rsatma olganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Anadolu agentligi.

"Turkiya ichki ishlar vazirligining migrasiya xizmati avgust boshidan Qrim tatarlariga yashash uchun uzoq muddatli viza berishni boshladi, ular “Turkiy ildizga ega vatandoshlar” maqomiga ega. Avvalroq axiska turklari, uyg‘urlar, bolgariyalik va gresiyalik etnik turklariga ham shunday maqom berilgan edi", – deb xabar bermoqda agentlik.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq Turkiyada uzluksiz kamida sakkiz yil yashagan xorijlik uzoq muddat yashash huquqini olishi mumkin. Qrim tatarlaridan bundan keyin ushbu shartni bajarish talab qilinmaydi.

“Turkiy ildizga ega vatandoshlar” maqomini olgan toifa bo‘yicha 2002 yildan buyon 101 ming 995 axis turklari va uyg‘ur millatiga mansub 6 ming 787 kishi Turkiya fuqaroligini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!