Turkiya prezidenti finalga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti finalga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finalining yopilish marosimida ishtirok etadi.

Erdo‘g‘on Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Soniy taklifiga binoan Dohaga boradi.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi JCH-2022 final uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Argentina va Fransiya terma jamoalari 18 dekabr kuni jahon chempionati finalida maydonga tushadi. O‘yin "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20.00'da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!