Turkiya Mir to‘lov tizimi bilan ishlash uchun yangi bank yaratishi mumkin

Turkiya Mir to‘lov tizimi bilan ishlash uchun yangi bank yaratishi mumkin

Bu taxminni Rossiya-Turkiya ishbilarmonlar kengashi direktori Aleksey Yegarmin ilgari surdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turk tomoni “Mir” tizimi bilan moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishning muqobil variantlarini, jumladan, AQSh va YEIning sanksiya bosimiga bog‘liq bo‘lmagan bank yaratishni ko‘rib chiqmoqda.

"Ehtimol, bu maxsus bank bo‘ladi, yoki blokcheyn hisob-kitoblarga asoslangan maxsus tizim yoki yopiq kliring. Balki alohida hisob-kitob markazi ", dedi RTDS direktori "Izvestiya" bilan suhbatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!