Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, armiya generali A. Chardakchi boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif "Yangi O‘zbekiston" istirohat bog‘i hamda Mustaqillik monumenti bilan tanishishdan boshlandi. So‘ngra, Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni, armiya generali A. Chetinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida kadrlar tayyorlash, qo‘shma amaliy tadbirlar, seminar va treninglar tashkil etish sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashrif dasturiga ko‘ra delegasiya a’zolari "Temurbeklar maktabi", Toshkent harbiy-akademik liseyi faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishdilar va shu bilan bir qatorda, Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Kavaleriya eskadronida bo‘ldilar.

Bundan tashqari, mehmonlar "Ming O‘rik" arxeologik muzeyiga ham tashrif buyurib, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ekspozisiyalari bilan tanishdilar.
Delegasiya a’zolarining tashrifi an’anaviy do‘stona muhitda, ishonch va o‘zaro hurmat ruhida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!