Turkiya Eron bilan chegarada beton devor qurmoqda

Turkiya Eron bilan chegarada beton devor qurmoqda

Turkiya hukumati Afg‘onistondan migrasiyaning o‘sishi fonida Eron bilan chegarada devor qurmoqda. Ayni vaqtda 221 km barpo etildi, yana 242 km qoldi. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu ma’lum qildi.
“Biz Van viloyatida Eron bilan chegaraning qolgan qismida uzunligi 242 kilometr bo‘lgan devor qurilishi ishlarini boshlayapmiz, 221 km qurilgan. Shu tariqa biz Eron bilan chegaramizni mustahkamlaymiz”, - dedi IIV rahbari.
Devor optik tolali tizimlar, yorug‘lik va tungi ko‘rish kameralari bilan jihozlangan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, devor tufayli u yerda turk-eron chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan afg‘on migrantlari soni kamaydi (sutkasiga 1500 nafardan 200 nafargacha).
Turkiya - Afg‘oniston va Pokistondan kelgan migrantlar uchun tranzit mamlakatdir. Ular Erondan Turkiyaga kelishadi, keyin esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga borishga harakat qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!