Turkiya AQSh kompaniyasi bilan birinchi kosmonavtini koinotga jo‘natishga rozi bo‘ldi

Turkiya AQSh kompaniyasi bilan birinchi kosmonavtini koinotga jo‘natishga rozi bo‘ldi

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Turkiya tomoni va Amerikaning Axiom Space kompaniyasi o‘rtasida birinchi turk kosmonavtini fazoga jo‘natish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizning 100 yilligi munosabati bilan amalga oshiriladigan birinchi odamning koinotga parvozi bo‘yicha tarixiy shartnoma imzoladik. Biz turk kosmonavtining parvozini tayyorlash va unga xizmat ko‘rsatish uchun Axiom Space bilan hamkorlik qilamiz, kosmonavtni tanlash jarayoni davom etmoqda”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

2021 yil dekabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on SpaceX asoschisi Ilon Mask bilan kosmik hamkorlikni muhokama qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!