Turkiya 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmoqchi

Turkiya 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmoqchi

Turkiya Respublikasi sport mutasaddilari 2036 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini Istanbulda o‘tkazish to‘g‘risida Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga ariza tayyorlamoqda.

Bu borada zarur hujjatlarni tayyorlash uchun Istanbulda Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish kengashi ijroiya kengashi raisi Vali Ozan Chakir ma’lum qildi, deya xabar beradi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sayti.

Chakirning ta’kidlashicha, Turkiya Olimpiadani qabul qilishga tayyor va taqdim etilajak loyiha Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) talablariga javob beradi. Bu bizning, qolaversa, butun turk dunyosining orzusi. Istanbul 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarining mezboni bo‘lishga har tomonlama haqli.

Shu o‘rinda aytish lozim, Turkiya 2000, 2004, 2008, 2012 va 2020 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qilgan edi. Biroq omad kulib boqmagandi.

Eslatib o‘tamiz, 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilish borasida Misr, Hindiston, Rossiya, Ispaniya davlatlari ham qiziqish bildirgan. Bu safar vaziyat qay ko‘rinishda kechishini vaqt ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!