Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi prezidenti O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bilan uchrashdi
2026 yil 7 iyul kuni Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi prezidenti, professor Aktoti Raimqulovaning O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yosh avlodning umumiy turkiy madaniy meros, tarix va ma’naviy qadriyatlar haqidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Tomonlar umumiy madaniy merosni ta’lim tizimi orqali kelajak avlodlarga yetkazish muhimligini alohida ta’kidlab, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
