«Turkistonbank» va «Hi-tech bank»ning lisenziyasi bekor qilindi

«Turkistonbank» va «Hi-tech bank»ning lisenziyasi bekor qilindi

Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 7 oktyabrdagi yig‘ilishida «Turkistonbank» va «Hi-tech bank»ning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyalarini chaqirib olish haqida qaror qabul qilindi.

Qayd etilishicha, Turkistonbank aktivlar hajmi bo‘yicha respublika bank tizimida 26-o‘rinni, Hi-tech bank esa 29-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, yig‘ilishda har ikki bankning «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 54 va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etganligi ta’kidlandi.

Xususan, bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi hamda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ta’kidlandi.

Har ikki xususiy aksiyadorlik tijorat banklari jiddiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo‘llanilganidan keyin huddi shunday qoidabuzarlikni takroran sodir etilganligi sababli lisenziyasi bekor qilinayotgani aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!