Turk Qurolli kuchlari falokat hududiga “yordam havo yo‘lagi”ni ochdi

Turk Qurolli kuchlari falokat hududiga “yordam havo yo‘lagi”ni ochdi

Turkiya Qurolli kuchlari epimarkazii janubi-sharqdagi Qahramonmarash viloyatida bo‘lgan vayronagarchilikli zilzila zonasiga “yordam havo yo‘lagi” ochdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

7,4 magnitudali zilzila Turkiyaning o‘nta viloyati aholisi tomonidan sezildi. Ko‘plab hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi qutqaruv guruhlarini falokat hududiga muammosiz tashishga yordam berayotganini ma’lum qildi.

Qutqaruv guruhlari va jihozlari ham transport samolyotlari, jumladan Turk Qurolli kuchlarining A400M tipidagi samolyotlari bilan zararlangan hududlarga yetkazilmoqda.

Yaratilgan “havo yordami koridori” bo‘ylab og‘ir jarohatlanganlar bo‘lgan tez tibbiy yordam samolyotlari o‘tadi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, general Yasar Guler va Turkiya Quruqlik kuchlari qo‘mondoni general Musa Avsever falokat hududiga yo‘l oldi.

“Inqiroz markazi kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. Samolyotlar shifokorlar, qutqaruvchilar va yordamchi jihozlarni tashish uchun ishlatiladi”, deydi Mudofaa vaziri.

Uning qayd etishicha, noqulay ob-havo sharoitlaridan tashqari, bir qator aeroportlarda uchish-qo‘nish yo‘lagining shikastlangani tufayli samolyotlarning qo‘nishi murakkablashmoqda.

Vazirning aytishicha, zilzila oqibatida 3 nafar turk askari halok bo‘lgan, yaralanganlar ham bor.

Turkiya Mudofaa vazirligi rahbariga ko‘ra, zilziladan so‘ng unga bir qator do‘st va ittifoqchi davlatlardan hamkasblari qo‘ng‘iroq qilib, yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning yetti viloyatida 912 kishi qurbon bo‘ldi, 5 385 kishi jarohatlandi.

Zilzila bugun, 6 fevral kuni ertalab mahalliy vaqt bilan 04:17 da sodir bo‘lgan. Soat 06:30 holatiga ko‘ra, 42 ta yer silkinishi qayd etilgan, eng kuchlisi 6,6 ballni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!