Turk lirasi tarixiy minimumni yangiladi

Turk lirasi tarixiy minimumni yangiladi

Turkiya lirasi kursi dollarga nisbatan pasayib, tarixiy minimumini yangiladi, deb yozadi RIA Novosti savdo ma’lumotlariga asoslanib.

Ta’kidlanishicha, dollar kursi tarixiy minimal darajaga yaqinlashib, 7,777 liraga yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta Turkiya va Gresiya o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan geosiyosiy xatarlar tufayli zaiflashmoqda.

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!