Turk harbiylari Qatarga yo‘l oladi, chunki...

Turk harbiylari Qatarga yo‘l oladi, chunki...

Anqara va Doha bu bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Turkiya xavfsizlik kuchlarining yuqori delegasiyasi Qatar poytaxti Dohaga yetib keldi. Ular qatarliklar bilan noyabrda boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilmoqchi.

Turkiyaning Qatardagi elchisi doktor Mustafo Go‘ksu delegasiyani kutib olgan.

“biz 2022 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiladigan birodar Qatarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, – deyilgan elchixona bayonotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, Turkiya maxsus qo‘shinlari askarlari sport musobaqasi xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi. Xususan, ikki davlat o‘rtasida imzolangan bayonnomaga ko‘ra, Anqara Qatarga 3 ming maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan askar va 100 nafar polisiyachi, shuningdek, 50 ta sapyor va 80 ta maxsus tayorlangan xizmat itlarini jo‘natadi. Ushbu xizmat uchun to‘lovni musobaqa tashkilotchilari amalga oshiradi.

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Unda 32 jamoa ishtirok etadi. Qatar arab dunyosidagi va Yaqin Sharqdagi eng nufuzli futbol musobaqasi o‘tkaziladigan ilk davlat hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!