Turizm borasidagi sustkashligi uchun Qashqadaryo viloyati hokimiga hayfsan berildi

Turizm borasidagi sustkashligi uchun Qashqadaryo viloyati hokimiga hayfsan berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Farg‘ona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam bo‘ldi.

Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam bo‘ldi.

Chetdan kelgan turistlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past bo‘lib, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.

Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.

Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.

Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:

- Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;

- Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!