To‘qayev Modi bilan muzokara o‘tkazdi

To‘qayev Modi bilan muzokara o‘tkazdi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni, jumladan, energetika, raqamlashtirish, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildilar.

To‘qayev Qozog‘iston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab yo‘nalishlarda rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozir Qozog‘istonda Hindiston kapitali ishtirokidagi 600 ta kompaniya faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2025 yilda Qozog‘istonga qariyb 150 ming nafar Hindiston fuqarosi tashrif buyurgan.

Modi esa Ostona va Dehli o‘rtasida yuqori texnologiyalar va kreativ industriyalar sohasida katta salohiyat mavjudligini qayd etdi.

Bundan tashqari, ikki davlat rahbari Hindiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida To‘qayev Narendra Modini Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавф