Tungi jinoyat: Samarqandda 25 yoshli yigit qo‘lga olindi

Tungi jinoyat:  Samarqandda 25 yoshli yigit qo‘lga olindi

Joriy yilning 15 may kuni kechasi taxminan 02:00larda Ishtixon tumanida joylashgan Xalq bankida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi xodimlaridan biri, videokuzatuv monitori orqali bank binosidan tashqarida joylashgan, shartnoma orqali qo‘riqlanmaydigan Xalq bankiga qarashli bankomat eshigini noma’lum shaxs qo‘lida temir jism bilan buzishga urinayotganligini ko‘rib qolib zudlik bilan Qo‘riqlash bo‘limi 1-sonli texnik qo‘riqlash markaziga xabar bergan. Xabar asosida yetib kelgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbir natijasida ushbu shaxs bankomat eshigini buzishga ulgurmay voqea joyida ushlandi hamda fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida Ishtixon tumani IIBga o‘rnatilgan tartibda topshirildi.
Dastlabki surishtiruv natijasida gumonlanuvchi 1996 y.t., Ishtixon tumanida yashovchi M.I.ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!