Tun kulgisi!.. (20-qism)

Tun  kulgisi!.. (20-qism)

— Dada, «Abadiy yasha, abadiy ilm o‘rgan!» degani bu aqllilik belgisimi?
— Ha, o‘g‘lim. Nega so‘rayapsan?
— Meni yana beshinchi sinfda qoldirishdi.
* * *
Er ishdan qaytgach, xotiniga dedi:
— Xotinjon, men ichishni tashladim.
— Nima? Nega tashlaysiz? Endi meni kim «go‘zalim» deb erkalaydi?
* * *
Yangi o‘zbek shogirdiga uqtirayapti:
— Sen hech qachon ayollar ketidan quvmagin! Buning urniga pulning ketidan quv! Unga yetib olsang, ayolning o‘zi seni topib olaveradi.
* * *
Fil yangi shimini yo‘qotib qo‘ydi va o‘rmonni kezib barcha hayvonlardan surishtirdi. Hech kim olmagan. Bir mahal chumolinikiga borsa, shimi o‘sha yerda yotibdi. Fil chumoliga dag‘dag‘a qila ketdi:
— Yaramas, nega shimni o‘g‘irlading?
— Fil aka, bir marta kiyib ko‘rish gunohmi?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!