Tun kulgisi!.. (16-qism)

Tun  kulgisi!.. (16-qism)

— Dada! Meni endi sinfimda eng yomon o‘quvchi demay qo‘yishdi.

— Nimaga?

— Mendan ham yomon o‘qiydigan yangi o‘quvchi keldi.

 

* * *

 

Yo‘l chetida mushuk o‘lib yotardi. Bolakay onasidan so‘radi:

— Oyi, mushukka nima bo‘ldi?

— U o‘lib qoldi va osmonga chiqib ketdi.

— IYE, osmonga chiqqandan keyin uyoqdagilar mushukni qaytadan yerga tashlab yuborishdimi?

 

* * *

 

Qiz dugonasiga arz qilyapti:

— Kecha sevgan yigitim bilan uchrashuvga chiqsam, u menga so‘lib qolgan gul sovg‘a qildi.

— Sen uchrashuvga o‘z vaqtida borishga harakat qilgin-da!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!