To‘lanmay-to‘lanmay xirmonga aylangan qarz

To‘lanmay-to‘lanmay xirmonga aylangan qarz

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi organlari tomonidan  soliq qarzi va boshqa undiruvchi tashkilotlar foydasiga qarzdorliklarni undirish borasida muayayn ishlar olib borilmoqda. Byuroning tuman-shahar bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan davlat foydasiga undiruvlarga alohida e’tibor qaratilib, ushbu toifadagi ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida, so‘zsiz ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
"Boyovutagroservis" MTMga soliq qarzdorligi 158 947 381 so‘mni tashkil etadi. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli bo‘lgan davlat raqami 20 177 OAA avtomashinasi borligi aniqlangan. Tegishli tartiblarda xatlangan ushbu avtomashina mol-mulklar baholovchi tashkilot  tomonidan 82 495 000 so‘mga baholanib, elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarildi. Sotuvdan tushgan pullar soliq qarzdorligini bartaraf etishga qaratilishi tayin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!