Trampning yillik moliyaviy deklarasiyasida bir qator shubhali tasodiflar qayd etildi

Trampning yillik moliyaviy deklarasiyasida bir qator shubhali tasodiflar qayd etildi

Shuningdek, yillik moliyaviy deklarasiyada 2025 yil davomida aksiyalar bilan bog‘liq 21 mingdan ortiq bitimlar qayd etildi

CNBC'ning yozishicha, eng ko‘zga ko‘rinarli holat 8 aprel kuni, bozor keskin qulagan bir paytda, Tramp Apple, Nvidia va Amazon aksiyalarining 327 ta paketini sotib olgani bilan bog‘liq.

Bu texnogigantlar qimmatli qog‘ozlari narxi keskin tushgan to‘rt kunlik davrning so‘ngi kuni edi. Qadrsizlanishga prezidentning ko‘plab mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga yuqori bojlar joriy etish rejasi sabab bo‘lgandi.

9 aprel kuni esa u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida "Ayni payt — aksiya sotib olish uchun ajoyib vaqt!!!" deb yozdi. O‘sha kunning o‘zida Tramp avval joriy qilingan bojlarning bir qismi bekor qilinishini e’lon qildi, bu esa kompaniyalar aksiyalari narxining keskin o‘sishiga olib keldi.

Hisobotlarga ko‘ra, 2026 yilda Tramp o‘zining shov-shuvli qarorlari arafasida xaridlarni amalga oshirishni davom ettirgan. Yanvar oyida prezident 1 million dollargacha bo‘lgan miqdorda Nvidia aksiyalarini xarid qilgan. Bir haftadan so‘ng esa uning ma’muriyati ushbu kompaniyaning avvalroq taqiqlangan sun’iy intellekt (AI) chiplarini Xitoyga eksport qilishni ma’qulladi.

Bundan avval zamonaviy tarixda hech bir prezident Oq uydan turib aksiyalar bilan savdo qilmagan edi. Oq uyning ta’kidlashicha, Trampning hisobraqamlari “ishonchli boshqaruv”ga berilgan bo‘lib, o‘tmishdoshlari kabi u ham bitimlarni shaxsan nazorat qilmaydi.

Biroq, Kolumbiya universiteti professori Richard Briffoning ta’kidlashicha, prezident Tramp qanday aktivlarga ega ekanligini judayam yaxshi biladi, uning savdo amaliyotlari ustidan esa hech qanday mustaqil nazorat mavjud emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий х