Trampning eng shov-shuvli fikrlari

Trampning eng shov-shuvli fikrlari

Xabaringiz bor, 14 iyun kuni AQShning 45-prezidenti Donald Tramp 75 yoshini nishonladi. Yubiley munosabati bilan uning eng mashhur fikrlarini yodga olamiz.

Tramp o‘tgan asrning 70-yillarida, qurilish biznesi bilan shug‘ullanishni boshlagach mashhurlashib ketdi. U o‘zining tadbirkorlikdagi yo‘lini noldan boshlamagan, balki buvisi va otasi 1923 yilda asos solgan The Trump Organization kompaniyasida ish boshladi. Shuningdek, u oilaviy biznesini kengaytirib, Trump Entertainment Resorts (kazino va mehmonxonalar ishini tashkil etish) va Trump Production (TV-shou)ga asos soldi.Trampning eng shov-shuvli fikrlari

Siyosiy hazillar

Tramp 2016 yilgi prezidentlik poygasida Bill Klintonning turmush o‘rtog‘i Xillari Klintonga qarshi qattiq kurashgan edi. Trampning «Agar Xillari Klinton o‘z erini rozi qila olmasa, nega u butun Amerikaning rozi qilishiga ishonmoqda?”, – degan gapi shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Biznes

Trampning eng shov-shuvli fikrlariTramp tadbirkorlikda yo‘lini qanday boshlagani haqida ham aytib bergan.

«Menga oson emas edi. Men Bruklinda boshlaganman. O‘shanda otam menga biroz pul qarzga berib turgan – qariyb 1 million dollar”

Ayollar haqida

«Dunyoda hech narsani ayollarchalik yaxshi ko‘rmayman. Ammo ular o‘zlarini ko‘rsatganlaridek emas. Ular erkaklardan ancha yomon, ancha agressiv”

So‘zlarni almashtirib qo‘yish

Kolumbiyalik hamkasbi Xuan Manuel Santos bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani Tramp taqiqlangan modda – kokain haqida gapira turib ikki marta “kakao” deb yubordi.

«O‘tgan yil Kolumbiyada kakao yetishtirish va kakain ishlab chiqarish rekord darajaga yetdi. Biz bu tezda to‘g‘rilanishiga ishonamiz”, dedi Tramp. Uning kakao haqidagi fikri butun dunyoga tabassum ulashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!