Tramp va Baydenning birinchi "janjali" yakunlandi

Tramp va Baydenning birinchi "janjali" yakunlandi

AQShdagi 2020 yilgi saylovlar oldidan birinchi prezidentlik bahslari Ogayo shtatining Klivlend shahrida bo‘lib o‘tdi va 96 daqiqa davom etdi. Og‘zaki duelni 100 millionga yaqin amerikalik tomosha qildi.

Amaldagi respublikachi prezident Donald Tramp va uning raqibi Jo Bayden iboralarda uyalishmadi va bir-birlariga eng dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini aniq ifoda etishlariga yo‘l qo‘ymadilar.

Muhokamani Fox News telekanali boshlovchisi Kris Uolles olib bordi. Umuman olganda, Tramp o‘zining saylovoldi mitinglarida gapirganga o‘xshardi. Boshqa tomondan, Bayden o‘zining "uyquchi Jou" taxallusidan farqli o‘laroq, munosib va ​​jasoratli javob qaytardi.

Case Western Reserve universitetida nomzodlar koronavirus pandemiyasi va tibbiy islohotlarni, shuningdek Qo‘shma Shtatlardagi tartibsizliklar va irqiy kamsitish muammosini muhokama qildilar.

Ta’kidlanishicha, tortishuvdan oldin Tramp va Bayden qo‘l berib ko‘rishmagan va darhol tribunalar orqasidagi joylarini egallashgan. Mezbon Kris Uolles koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holda oldindan kelishib olganliklarini tushuntirdi.

Avvalroq, debatlar paytida Bayden mamlakatning amaldagi prezidenti Trampni "Putinning kuchukchasi" deb atagani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, tomonlar tibbiy sug‘urta masalasida janjallashishgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovlari 3 noyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!