Tramp o‘zini ta’qib qilayotgan advokatlarning butun jamoasini ishdan bo‘shatish niyatida
WPning ta’kidlashicha, Tramp o‘zini ta’qib qilayotgan advokatlarning butun jamoasini ishdan bo‘shatish niyatida
The Washington Post nashrining manbalarga tayanib yozishicha, Donald Tramp inaugurasiyadan so‘ng Kapitoliyga bostirib kirish va maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlash holatlari bo‘yicha o‘ziga qarshi sud jarayonlarida ishtirok etgan barcha Adliya vazirligi xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.
Gap maxsus advokat deb ataladigan Jek Smitning jamoasi haqida bormoqda, uning tarkibiga o‘nlab advokatlar, FQB agentlari va departamentning yordamchi xodimlari kiradi, ularning aksariyati milliy xavfsizlik va hukumat korrupsiyasi bilan bog‘liq ishlarga ixtisoslashgan.
Tramp jamoasi nashr savollariga javob berar ekan, saylangan prezidentning Adliya vazirligida unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlar siyosiy sabablarga ko‘ra ekanligi haqidagi bayonotini takrorladi.
«Prezident Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasida Amerika adliya tizimini noqonuniy qurollantirgan byurokratlarni ishdan bo‘shatishga va’da bergan va Amerika xalqi bu va’dani amalga oshirishiga ishonishi mumkin», dedi uning matbuot kotibi Karolin Levitt.
Bundan tashqari, respublikachi 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida u yutqazgan firibgarlik dalillarini qidiradigan tergov guruhlarini tashkil etmoqchi, dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.