Tramp Ukrainaga Patriot majmualari uchun qo‘shimcha raketalar berishni rad etdi

Tramp Ukrainaga Patriot majmualari uchun qo‘shimcha raketalar berishni rad etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida Oq uy rahbari Kiyevga Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan Patriot zenit-raketa majmualari uchun qo‘shimcha PAC-3 raketalarini ajratishni rad etdi. Bu haqda uchrashuvning anonim guvohlariga tayanib, Financial Times gazetasi xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp AQShning o‘zida raketalar zaxirasi yetishmasligini sabab qilib ko‘rsatgan va ular Eronga qarshi urushda hamda Yaqin Sharqdagi ob’ektlarni himoya qilish uchun o‘zlariga kerakligini qo‘shimcha qilgan.

"Biroq Kiyevga raketalar yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozirda muhokamalarda Ukraina Yevropaning boshqa mamlakatlarida yakuniy yig‘ish ishlari amalga oshirilishi uchun ba’zi komponentlarni ishlab chiqarish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Muzokaralarni to‘xtatish haqida hech qanday buyruq kelib tushgani yo‘q", – dedi manbalardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...