Tramp sabab “Parler” kompaniyasining bosh direktori va oilasi o‘lim tahdidi tufayli yashirinishga majbur bo‘ldi

Tramp sabab “Parler” kompaniyasining bosh direktori va oilasi o‘lim tahdidi tufayli yashirinishga majbur bo‘ldi

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari foydalangan, endilikda esa yopilgan "Parler" ijtimoiy tarmog‘ining bosh direktori Jon Masening ta’kidlashicha, u va uning oilasi ularga qarshi o‘lim tahdidi bo‘lganligi bois yashirinishga majbur bo‘lgan.

Bu haqda “Fox News” xabar bermoqda.

Masening so‘zlariga ko‘ra, kompaniyasidagi xodimlarga ham tahdid va ta’qiblar qilingan. Shu  bois ko‘pchilik o‘z hayotlari uchun qo‘rqishmoqda, ba’zilari esa yashash joylarini tark etishmoqda.

Shunday qilib, bosh direktor oilasi bilan shunday hujumlar natijasida o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

"UGNazi nomli guruh bor, o‘sha guruh meni nishonga olgan", - dedi Mase va xakerlik guruhi uning ko‘plab parollari va u haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni Internetda e’lon qilganligini ta’kidlagan holda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!