Tramp nemislarni ogohlantirdi

Tramp nemislarni ogohlantirdi

Nemislar sanksiyalar sababli Rossiya energiya resurslari yetkazib berilishining qisqarishi ortidan “mamlakatsiz qolishlari” mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Germaniya hozir ko‘mirga qaytmoqda, eski usullarga, biroq ularda tanlov yo‘q. Ular mamlakatsiz qolishadi”, - dedi u Ogayo shtatidagi tarafdorlari mitingida.

Shuningdek, Oq uyning sobiq rahbari u AQSh prezidenti lavozimida bo‘lgan vaqtida o‘sha payt Germaniya kansleri bo‘lgan Angela Merkelga quyidagi so‘zlar bilan oq bayroq yuborganini aytdi: “Agar 72 foiz energiya resurslarini Rossiyadan olayotgan bo‘lsangiz, mana sizga oq bayroq, chunki siz tez taslim bo‘lasiz”.

Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operasiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.

Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!