Tramp kelishuvga tayyor...

Tramp kelishuvga tayyor...

Tramp kelishuvga tayyorligini bildirdi.

AQSh prezidenti harbiy ssenariydan ko‘ra diplomatik yechimni afzal ko‘rishi va Tehron bilan muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishishga hali ham umid qilayotganini va ehtimoliy harbiy mojarodan ko‘ra diplomatik yo‘l bilan yechim topishni afzal ko‘rishini bildirdi. Bu haqda u Las-Vegas shahrida tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tehron bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va ularning natijalari yaqin vaqt ichida ma’lum bo‘lishi mumkin.

«Biz muzokaralar olib borayapmiz. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ammo ular bizga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda», — dedi AQSh rahbari.

Tramp, shuningdek, «odamlarni o‘ldirishni istamasligi» sababli kelishuv tuzishni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, AQSh Eronga Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik zarbani berishga tayyor bo‘lgan, ammo Tehron muzokaralarni boshlash taklifini bildirganidan so‘ng bu rejadan voz kechilgan.

AQSh prezidenti yana bir bor Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq Tramp bo‘lajak muzokaralarni Eron uchun «so‘nggi imkoniyat» deb atab, kelishuvga erishilmagan taqdirda AQShning harbiy bosimi yanada kuchaytirilishini aytgan edi.

Shuningdek, u Ormuz bo‘g‘ozi xalqaro kemalar qatnovi uchun qayta ochilmasa, Tehronga nisbatan yangi zarbalar berilishi mumkinligidan ham ogohlantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.