Tramp Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish vaqti kelganligini aytdi

Tramp Jo‘lan tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olish vaqti kelganligini aytdi

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh uchun Isroilning Jo‘lan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirdi.

U Twitter sahifasida Jo‘lan tepaliklari o‘ta muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini, Isroil davlati va mintaqaviy xavfsizlik uchun muhimligini e’tirof etdi.

O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga Jo‘lan tepaliklari ustidan yahudiy davlatining suverenitetini tan olishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Golan tepaliklari 1967 yilgacha Suriya tarkibiga kirgan. Olti kunlik urush davomida Isroil qo‘shinlari bu hududni bosib olgan.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!