Tramp futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga tashrif buyuradi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) sharafiga qabul marosimi o‘tkazishni rejalashtirmoqda, shuningdek, futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
«Juma kuni prezident FIFAning Manhettendagi [Amerika yetakchisiga tegishli bo‘lgan] "Trump Tower" osmono‘par binosida tashkil etiladigan qabul marosimida qatnashish uchun Nyu-Yorkka yo‘l oladi. Yakshanba kuni esa u FIFA Jahon chempionatining final uchrashuvi — Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatadi», — dedi u jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda.
19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining final bahsida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Argentina amaldagi jahon chempioni bo‘lib, ushbu nufuzli kubokni uch bor qo‘lga kiritgan. JCh finali Nyu-Jersi shtatida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq xabar qilinganidek, Donald Tramp g‘oliblarga kubokni shaxsan topshiradi.
