Tramp, Fransiyadagi norozilik namoyishlarini iqlim bo‘yicha shartnoma bilan bog‘ladi

Tramp, Fransiyadagi norozilik namoyishlarini iqlim bo‘yicha shartnoma bilan bog‘ladi

 

AQSh prezidenti Fransiyadagi norozilik aksiyalarini izohladi, deya xabar beradi Anadolu.

Iqlim bo‘yicha Parij shartnomasi, Parijda ishlamadi, deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter sahifasida..

Prezident, Fransiyada norozilik to‘lqini toshib ketib, mamlakatda betartiblik hukmronlik qilayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

"Odamlar atrof-muhit muhofazasi uchun uchinchi davlatlarga katta pul to‘lamoqchi emaslar. Ular: "Biz Trampni xohlaymiz!" deb hayqirmoqdalar. Fransiyani yaxshi ko‘raman ", deb yozadi Tramp.

Fransiyada 17 noyabrdan boshlab yoqilg‘i narxining o‘sishi bilan bog‘liq ommaviy noroziliklar davom etmoqda.

Namoyishchilar ustilariga sariq reflektor kiyib olishgan. Tartibsizliklar natijasida 3 kishi halok bo‘ldi va 1043 kishi yaralangan. Yaralanganlar orasida 222 xavfsizlik kuchlari bo‘lgan.

Fransiya hukumati norozilik namoyishlarida 700 nafar kishi qo‘lga olinganligini xabar qilishmoqda.

Namoyishlar boshlanishidan oldin 32 kishi qo‘lga olingan edi, chunki tintuv vaqtida ularning yonidan bolg‘a va toshlar bo‘lgan edi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!