Tramp Erondagi maktabga berilgan zarba tergovi natijalari e’lon qilinishiga shubha bildirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronning Minob tumanidagi qizlar maktabiga Amerika harbiylari tomonidan berilgan zarba tafsilotlari qachondir to‘liq aniqlanishiga ishonchi komil emasligini ma’lum qildi.
U bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Men generallar bilan gaplashib olishim kerak bo‘ladi... Bilasizmi, u yerda nima sodir bo‘lganini qachondir kimdir aniq aytib bera olishiga ishonmayman", — dedi Tramp tergov natijalarining e’lon qilinishi haqidagi savolga javob berar ekan.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti harbiylar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng hisobot tayyor bo‘lishi bilanoq chop etilishini qo‘shimcha qildi, biroq ushbu hujjat yakuniy haqiqatni aks ettira olishiga shubha bildirdi.
