Tramp eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatiga kiritilmadi

Tramp eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatiga kiritilmadi

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp chorak asr ichida birinchi marta Forbes’ning 400 nafar eng boy amerikaliklar ro‘yxatiga kirmadi. Nashrning baholashicha, pandemiya vaqtida Trampning boyligi 600 mln dollarga kamayib, 2,5 mlrd dollargacha qisqarib ketgan. Natijada unga reytingga kirish uchun 400 mln dollar etmagan.

Forbes-400 reytingida yetakchi o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Jeff Bezos — 201 mlrd dollar (Amazon),
  • Ilon Mask — 190,5 mlrd dollar (Tesla, Space X),
  • Mark Sukerberg — 134,5 mlrd dollar (Facebook),
  • Bill Geyts — 134 mlrd dollar (Microsoft),
  • Larri Peyj — 123 mlrd dollar (Google),
  • Sergey Brin — 118,5 mlrd dollar (Google),
  • Larri Ellison — 117,3 mlrd dollar (dasturiy ta’minot),
  • Uorren Baffet — 102 mlrd dollar (Berkshire Hathaway),
  • Stiv Ballmer — 96,5 mlrd dollar (Microsoft),
  • Maykl Blumberg — 70 mlrd (Bloomberg LP).

2020 yilgi ro‘yxatda Tramp 339-o‘rinni egallagandi. U prezident lavozimini egallashigacha, ya’ni 1997 yildan 2016 yilgacha ro‘yxatning birinchi yarmida bo‘lib kelgan, so‘ngra unda pastlay boshlagan. Nashrning tushuntirishicha, AQShning sobiq prezidenti yirik shaharlarda ko‘chmas mulk narxi tushib ketgani sababli yo‘qotishlarga uchragan.

Umuman olganda, ro‘yxatga kiritilgan amerikaliklarning umumiy boyligi 4,5 trln dollarni tashkil qilmoqda. Ro‘yxatga 44 ta yangi nom kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (3 )

    typing....
    Yahudiyni eng aynigani
    typing....
    bu it
    typing....
    terarist