Tramp Baydenni “AQSh tarixidagi ulkan harbiy kamsitilishda” aybladi

Tramp Baydenni “AQSh tarixidagi ulkan harbiy kamsitilishda” aybladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda Amerika qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi emas, balki taslim bo‘lish ro‘y berayotganini ma’lum qildi.
“Biz armiyamizni dushmanga qanday topshirayotishganini ko‘ryapmiz”, - dedi Tramp Alabama shtatidagi tarafdorlari bilan bo‘lgan mitingda.

Siyosatchi amaldagi ma’muriyat Afg‘onistonda 83 milliard dollarlik asbob-uskuna, harbiy bazalar va elchixonaning qimmatbaho binosini qoldirganini bildirdi.
Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni “AQSh tarixidagi ulkan harbiy kamsitilish” deb atadi.
“Siz hech qachon qo‘shinlarni birinchi bo‘lib olib chiqmaysiz, qo‘shinlar oxirgi bo‘lib tark etadi”, - dedi Tramp. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Afg‘onistondagi vaziyat
Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan.

15 avgust kuni “Tolibon” a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi.
16 avgustga o‘tar kechasi toliblar siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!