Tramp: "Bayden bizni uchinchi jahon urushi yoqasiga olib keldi"

Tramp: "Bayden bizni uchinchi jahon urushi yoqasiga olib keldi"

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQShning amaldagi rahbari Jo Bayden insoniyatni uchinchi jahon urushi xavfiga yetaklayotganini aytdi. Bu haqdaNBC telekanali Trampning Janubiy Karolinadagi nutqiga tayanib xabar bermoqda.

"Ojizlik va qobiliyatsizlik tufayli Jo Bayden bizni uchinchi jahon urushi yoqasiga olib keldi" - dedi u.

Siyosatchi 2021 yilda Bayden nomidan AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan muvaffaqiyatsiz olib chiqilishini "AQSh tarixidagi eng og‘ir kun" deb atagandi.

Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarining amaldagi prezidentining Meksika bilan chegara xavfsizligi siyosati zaifligi, giyohvand moddalardan o‘lim holatlari ko‘payib borayotgani va ta’lim sohasidagi islohotlarning yo‘qligiga ishora qildi.

SHUningdek, siyosatchi "prezident sifatida" AQShning immigrasiya, iqtisodiy va energetika siyosatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar qilishiga, inflyasiyani teskarisiga, AQShning Meksika bilan chegarasini himoya qilishga va Amerikaning jahon qudrati sifatidagi mavqeini mustahkamlashga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!