Tramp: "AQSh va Eron hali ham kelishuvga erishishi mumkin"
AQSh prezidenti Donald Tramp keng ko‘lamli harbiy harakatlar qayta boshlanganiga qaramay, Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuvga erishish hali ham mumkin, deb hisoblaydi.
Tramp bu bayonotni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Ha, menimcha, kelishuv mumkin. Albatta, men shunday deb o‘ylayman", dedi u.
Tramp shuningdek, AQSh Fors ko‘rfazidagi barcha arab davlatlarini himoya qilayotganini va Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashishni ta’minlash uchun kompensasiya kutayotganini ta’kidladi.
"Men kompensasiya olishni istayman, chunki biz dunyoning juda boy qismini himoya qilmoqdamiz. Biz pul sarflamoqdamiz. Biz bu himoya uchun yordam beradigan mamlakatlardan kompensasiya olamiz", deb ta’kidladi Tramp.
